Aqlli konsentrat quritish davri ozuqasi
Sutchilik chorvachiligida kasodga uchrash va daromad o‘rtasidagi nozik chiziq qayerdan boshlanishini bilasizmi?
Quritish davrida tug‘ruqqa aniq 21 kun qolganda.
Sigirni quritish davriga ajratdingiz…
Oldiga faqat somon yoki qo‘lingizdagi qo‘pol ozuqani tashlab. «Baribir hozir sut bermayapti, hech bo‘lmasa ozuqadan tejayman» deb o‘yladingiz.
Xo‘sh, o‘sha 21 kunlik tejamkorlik sizga tug‘ruqdan keyin qancha xarajat keltirib chiqarishini hech hisoblab ko‘rganmisiz?
Bugun sizlarga o‘sha qo‘rqqan davolash xarajatlaringizni tarixga aylantiradigan va suruvingizni jarlikka qulashdan qutqaradigan eng strategik mahsulot haqida gapirib beraman:
Aqlli konsentrat quritish davri ozuqasi.
Tug‘ruqqa oxirgi 21 kun qolganda, ona qornidagi buzoq jadal rivojlanadi va onaning qonidagi kalsiyga bo‘lgan ehtiyoj birdan cho‘qqiga chiqadi.
Mana biz, ushbu 21 kunlik o‘ta muhim davrda oddiy oziqlantirishni emas,
«Anion asosida oziqlantirish»ni tavsiya qilamiz. Nima bu anion asosida oziqlantirish?
Qisqacha; sigir organizmidagi kislota-asos muvozanatini ta’minlab,
suyaklardagi kalsiyning qonga o‘tishini tezlashtirmoqda.
Ya’ni sigirni tug‘ruq paytidagi o‘sha ulkan kalsiy shokiga oldindan tayyorlayapmiz.
Agar tug‘ruqqa oxirgi 21 kun qolganda ushbu anion asosida oziqlantirish bajarilmasa nima bo‘ladi?
Sigir tug‘ruq falaji, ya’ni sut isitmasiga uchrashi mumkin.
Asosiy alomatlar; ishtahasizlik, holsizlik, mushaklar titrashi, sovuq quloqlar, dovdirab yurish, yotib qolish va o‘rnidan turaolmaslik shakllanadi,
shuningdek, ozuqa iste’moli pasayishi, metrit, abomasum siljishi kabi tug‘ruqdan keyingi muammolar xavfini oshirishi mumkin.
Mana Aqlli ozuqa quritish davri ozuqasi aynan tug‘ruqdan keyin kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ushbu metabolik muammolarning oldini olish uchun ishlab chiqilgan.
Ushbu mahsulot tarkibida; %38 xom oqsil, anion tuz muvozanati, tirik achitqi, MOS va sigirning immunitetini kuchaytiruvchi vitamin hamda minerallar mavjud.
Aqlli quritish davri ozuqasi bilan qo‘lingizdagi arpa, makkajo‘xori va qo‘pol ozuqalarni maqsadli ishlatishingiz mumkin.
